13:46 / 19.09.2019
0
3845

Yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda 44 trln so‘m qurilish ishlari bajarilgan 

2019 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston Respublikasida jami 44,3 trln so‘m qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, o‘sish sur'ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,1 %ni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, joriy davrda jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 10,3 trln so‘mni tashkil etdi. 

O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 13,2 %ga ko‘p ishlar bajarilgan bo‘lib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi o‘tgan yildagi ko‘rsatkich darajasidan 1,1 % punktga kamaygan. 

Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi joriy davrda qurilish ishlarini bajargan boshqa tashkilotlarga nisbatan keskin oshganligi kuzatildi. Ular hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 55,7 %i to‘g‘ri kelib, o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 4,2 % punktga ko‘paydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 28,5 %ni tashkil etgan holda 24,7 trln so‘m miqdorida qayd etildi. 

Norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 3,1 % punktga kamayib, 20,9 %ni tashkil etdi va 9,2 trln so‘m miqdorida qayd etildi. O‘tgan yilning mos davridagi hajm bilan solishtirganda 4,9 %ni tashkil etgani kuzatildi. 

Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 2,7 trln so‘m yoki 2018 yilning yanvar-iyuniga nisbatan 55,9% qurilish ishlari bajarildi, nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan esa 41,5 trln so‘m ishlar bajarilib, o‘sish sur'ati 17,3 %ni tashkil etdi. Ularning respublikadagi ulushlari mos ravishda 6,3 % va 3,7 %ni tashkil etdi 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top