13:34 / 20.09.2019
0
33635

Epsilon kompaniyasidan yangiliklar

2019 yilning 19 sentabr kuni soat 17:35 da, Qashqadaryo viloyatida joylashgan Nazarquduq koni 10-sonli qudug‘ining mahsuldor qatlamida kompaniya tomonidan «Qatlamni gidravlik yorish» (GRP) usuli muvaffaqiyat bilan amalga oshirilishi natijasida mazkur quduqdan kunlik hajmi 400 ming kubometrni tashkil etgan tabiiy gaz debiti olindi.

Quduqdagi tabiiy gazning bundan avvalgi kunlik debiti 47 ming kubometr ekanligi e'tiborga olinganda, GRP usuli qo‘llanilgach, debitning 9 barobar o‘sishiga imkon yaratildi. Quduq 20.09.2019 yilda gaz quvurlari tizimiga ulanib, chiqayotgan tabiiy gaz ichki bozorga, O‘zbekiston aholisining unga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun yo‘naltiriladi.

Avval xabar berilganidek, Epsilon kompaniyasi mahsuldorligi past hisoblangan quduqlardan uglevodorodlar qazib olishni ko‘paytirish dasturini izchillik bilan hayotga tatbiq etmoqda.

Bu boradagi erishilayotgan natijalar to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor etishda davom etamiz.

Epsilon kompaniyasi Matbuot xizmati

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top