16:57 / 20.09.2019
0
7515

Norin daryosi orqali rezina qayiqda bioqo‘shimchalarni mamlakatga olib o‘tishga uringan shaxs qo‘lga olindi

Bojxonachilar mamlakatga sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni noqonuniy olib kirish holatlariga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.

Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda Uchqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

 Tadbir davomida fuqaro A.A qo‘shni mamlakatdan O‘zbekiston Respublikasiga noqonuniy ravishda Norin daryosi orqali rezina qayiq yordamida tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 70 million so‘mlik 234 dona bioqo‘shimcha mahsulotlarini olib o‘tayotganda to‘xtatib qolindi.

 Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top