22:57 / 20.09.2019
1
17442

Tramp AQSh Erondagi 15 ta obektga zarba berishi mumkinligini aytdi 

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh Erondagi 15 ta obektga zarba berishi mumkinligini, biroq shoshmayotganini aytdi. 

“Siz, jurnalistlar, bu yerda bo‘lgan payt men qilishim mumkin bo‘lgan eng oson ish – bo‘ling, yigitlar, boshlang, deyishdir. Bu Eron uchun juda yomon kun bo‘lardi... Men qilishim mumkin bo‘lgan eng oson ish – bo‘ling, Erondagi 15 ta turli katta obektni yo‘q qiling, deyishdir. Men buni qilishim mumkin va hammasi tayyor. Hammasi tayyor. Biroq men buni qilmoqchi emasman”, deb aytgan Tramp jurnalistlarga. 

“Men buni bir daqiqadayoq, shu yerdayoq, siz uchun qilishim mumkin edi, sizda yozish mumkin bo‘lgan katta hodisa bo‘lardi”, deb qo‘shimcha qilgan Tramp.

AQSh prezidentining aytishicha, AQSh zarba berishga shoshilmayotgani uning zaifligini emas, kuchliligini ko‘rsatadi.

“Bu bir haftadan yoki 2-3 haftadan keyin bo‘lishi muhim emas. O‘ylaymanki, biz o‘zimizni qanday tutishimiz, ancha ko‘proq kuchni ko‘rsatadi”, deb ta'kidlab o‘tgan AQSh prezidenti. 

“Kuchni ko‘rsatishni bilsang, bosiqlikni ko‘rsatishni ham bilish kerak. Boshqacha yo‘l tutish esa oson. Eron agar o‘zini yomon tutadigan bo‘lsa, unda boshqa vaqt yo‘qligini biladi. Ularning ishi yomon ketmoqda, biroq men ular yaxshi ketishini istayman. Eronda muammolar talaygina”, deb qo‘shimcha qilgan Tramp.

AQSh Eronni Saudiya Arabistonidagi neft obektlariga hujumlarda ayblamoqda, biroq Eron buni rad etmoqda.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top