14:32 / 21.09.2019
10
34334

Avtomobil yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdorini oshirish taklif etildi

Foto: KUN.UZ

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida avtotransport vositalarining yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzganlik (o‘zgartirganlik) uchun belgilangan jarimalar miqdorini oshirish haqida petitsiya e'lon qilindi.

“Men haydovchi sifatida shuni taklif qilamanki, tunda harakatlanish vaqtida juda ko‘p holatlarda avtotransport vositasining yoritish moslamalarini o‘zgartirib yurish (ksenon faralar o‘rnatish) qarama-qarshi harakatlanayotgan avtotransport vositasiga xalaqit qilib, boshqa haydovchilarning ko‘rishini cheklaydi”, - deb yozadi murojaat muallifi. 

Bunga asosiy sabab sifatida avtotransport vositalarining yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzishni ko‘rsatish mumkin. Shu sababli, o‘zboshimchalik bilan avtotransport vositasining yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzib, ularni o‘zgartirish holatlarini oldini olish zarur.

“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasida nazarda tutilgan avtotransport vositalarining yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun belgilangan jarimalar miqdorini oshirishni taklif qilamiz”, - deyiladi petitsiyada.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top