12:12 / 21.09.2019
0
2543
Davlat organlarining ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroqlarni bepul amalga oshirish taklif etildi

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida davlat organlarining ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroqlarni bepul amalga oshirish haqida petitsiya e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasidagi vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimliklarning ishonch telefonlariga simli va mobil telefon orqali qo‘ng‘iroqlar amalga oshirilganda abonent hisobidan to‘lov yechib olinadi. 

Shuningdek, ishonch telefonlariga fuqarolar tomonidan ko‘plab qo‘ng‘iroqlar qilinganligi sababli juda ko‘p vaqt davomida kutishga to‘g‘ri kelayotgani aytiladi. Bu kutish vaqtida ham hisobdan mablag‘ning sarflanishiga olib kelishi bildirilgan.

“Yuqoridagilarni inobatga olib, barcha davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek mahalliy hokimliklarning ishonch telefonlariga simli va mobil telefonlar orqali qo‘ng‘iroqlarni bepul amalga oshirilishini taklif qilaman”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top