18:55 / 21.09.2019
9819

ERIELL kompaniyasi xorijiy OAV uchun matbuot anjumani o‘tkazdi

2019 yil 20 sentabr kuni ERIELL kompaniyasining Toshkent shahridagi ofisida ERIELL guruhi boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari V. Dokunixin ishtirokida xorijiy ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Rossiya va Ozarbayjondan axborot agentliklari, tahlil markazlari va yoqilg‘i-energetika sohasidagi ixtisoslashtirilgan nashrlar vakillari ishtirok etdilar.

Jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, V. Dokunixin ERIELL kompaniyalar guruhi, uning shakllanishi va rivojlanishi tarixi hamda guruhning 15 yil ichidagi yutuqlari haqida so‘z yuritdi. Xorijiy muxbirlar va tahlilchilar kompaniyaning joriy loyihalari, foydalanilayotgan texnologiyalar, sheriklar va mijozlar, shuningdek ERIELL rejalariga qiziqish bildirdilar.

Matbuot anjumani 2019 yil 20-21 sentabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan MOMIH (TsARES) mamlakatlari energetika vazirlarining birinchi muloqoti va energetikaga bag‘ishlangan forum doirasida tashkil etildi.

22-25 sentabr kunlari xorijiy OAV vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlariga press-tur uyushtiradilar, ular O‘zbekistonning neft va gaz sanoatidagi yirik loyihalar bilan tanishadilar.

ERIELL kompaniyasi matbuot xizmati

Top