00:49 / 21.09.2019
0
13605

Husiychilar Saudiya Arabistoniga zarbalar berishni to‘xtatishlarini e'lon qilishdi  

Foto: Sputnik

Yaman shimolida hokimiyatni egallab olgan husiychilar Saudiya Arabistoniga dronlardan zarbalar berishni to‘xtatishadi va Ar-Riyoddan ham shunday qadamni kutib qolishadi. Bu haqda husiychilar vakili Mahdi al-Mashat “Al-Masira” telekanali efirida aytib o‘tdi.

“Biz Saudiya Arabistoni hududiga dronlar va boshqa qurollardan zarba berishni to‘xtatamiz hamda Saudiya Arabistonidan ham Yaman hududiga har qanday turdagi hujumni to‘xtatishi bo‘yicha xuddi shunday bayonotni kutib qolamiz”, deb aytgan al-Mashat. U husiychilar Saudiya Arabistoni ushbu tashabbusga munosabat bildirmasa, javob qaytarish huquqini saqlab qolishini aytgan.

Yamanlik husiychilar qo‘shni davlatga qarshi o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi ushbu bayonotni Saudiya Arabistoni neft obektlariga hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olgandan bir hafta o‘tib berishdi.  

Avvalroq Saudiya Arabistoni neft obektlariga hujumlardan keyin Yamanda husiylarga qarshi harbiy amaliyot boshlagani ma'lum qilingandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top