09:25 / 21.09.2019
0
10307

O‘zbekiston Milliy arxivi tuzilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Quyidagilar tuziladi:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi negizida O‘zbekiston Milliy arxivi;

O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivi negizida O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi;

O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivi negizida O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi;

Toshkent shahar davlat arxivi negizida Toshkent shahar markaziy davlat arxivi;

Agentlik huzurida muassasa shaklida Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi;

Agentlik huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Arxiv ishini rivojlantirish jamg‘armasi.

Belgilab qo‘yilishicha, O‘zbekiston Milliy arxivi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivining, O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivining, O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivining, Toshkent shahar markaziy davlat arxivi Toshkent shahar davlat arxivining huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Quyidagilar arxiv ishi va ish yuritish sohasini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:

arxiv ishi va ish yuritish faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadallik bilan joriy etish, O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish va sug‘urta nusxalarini yaratish;

arxiv hujjatlarini maxfiylikdan chiqarish ishlarini faollashtirish orqali arxiv axborotlaridan foydalanuvchilar sonini kengaytirish;

arxiv xizmatlarini bosqichma-bosqich Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilishini tashkil etish;

arxivlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda infratuzilmasini yanada modernizatsiya qilish, arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanishning zamonaviy usullarini joriy etish;

arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi xodimlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo‘li bilan kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy qilish;

soha xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirishning ilg‘or va shaffof mexanizmlarini ishlab chiqish va tatbiq etish.

Bundan oldin, prezident DXXga tarixiy davr arxiv hujjatlarini maxfiylikdan chiqarish bo‘yicha topshiriq bergani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top