15:55 / 21.09.2019
0
3358

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy saqlanayotganligi aniqlandi

Bojxona xodimlari respublikamizga sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy olib kirilishi holatlariga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.

Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda Yangiqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tadbirda Yangiqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro S.Z.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, ushbu xonadonda noqonuniy saqlanayotgan, xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 90 million so‘mlik 15 070 qadoqdagi dori-darmon vositalari borligi aniqlandi.

 Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top