20:14 / 22.09.2019
0
7069
APL. «MYu» safarda yana yutqazdi

Premer-ligada 6-turning so‘nggi uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Bu turda «Manchester Yunayted» «Vest Hem» mehmoni bo‘lib, 0:2 hisobida yutqazdi. Mezbonlardan har ikkala bo‘lim oxirida Yarmolenko va Kressuell o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘ydi.

Natijada yangi mavsumning ilk olti turida 2tadan g‘alaba, durang va mag‘lubiyat qayd etgan mankunianliklar 7-o‘ringa tushib qoldi.

Qolaversa, «Yunayted»ning safar o‘yinlaridagi g‘alabasiz seriyasi 9ta o‘yinga yetdi. Ole-Gunnar Sulsher jamoasi bu o‘yinlardan 6tasida mag‘lub bo‘lgan.

«Qizil iblislar» oxirgi marta raqib maydonida mart oyida g‘alaba qozongan, o‘shanda YeChLning «PSJ»ga qarshi bahsida kambek qilingan edi – 3:1.

Bundan tashqari, «MYu» safardagi qatorasiga 11ta o‘yindan buyon darvozasini daxlsiz saqlab qola olmayapti. Bu – klubning oxirgi 17 yillik tarixidagi eng yomon natija.

APL, 6-tur
Vest Hem – Manchester Yunayted 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 44 Yarmolenko, 2:0 – 84 Kressuell.
Vest Hem – Fabianski, Frederiks (Sabaleta, 80), Ogbonna, Kressuell, Diop, Fornals, Nobl, Felipe Anderson (Uilsher, 70), Rays, Yarmolenko (Snodgrass, 89), Aller.
Manchester Yunayted – De Xea, Yang, Maguayr, Lindelef, Uan-Bissaka, Matich (Fred, 71), Pereyra, Jyeyms, Mata (Gomes, 81), Maktomini, Reshford (Lingard, 61).
Ogohlantirishlar: Ogbonna (14), Mata (48), Nobl (74), Yang (83).

Kristal Pelas – Vulverhempton 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar
: 1:0 – 46, avtogol Dendonker, 1:1 – 90+5 Diogu Jota.
Kristal Pelas – Guaita, Sako, Uord, van Anxolt, Keyxill, Makartur (Makkarti, 83), Shlupp, Milivoyevich, Kuyate, Zaa, Ayyu (Benteke, 69).
Vulverhempton – Ruy Patrisiu, Kastro, Koudi, Boli, Doerti (Ruben Nevesh, 57), Dendonker (Netu, 65), Saiss, Moutinyu, Traore, Diogu Jota, Ximenes (Kutrone, 76).
Ogohlantirishlar: Koudi (44), Makartur (45), Saiss (48), Ayyu (62).
Chetlatish: Saiss (73).

20:30. Chelsi – Liverpul
Chelsi 
– Arrisabalaga, Tomori, Emerson, Kristensen, Aspilikueta, Kante, Kovachich, Maunt, Jorjino, Villian, Abraham.
Liverpul – Adrian, Matip, Roberson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Henderson, Veynaldum, Fabino, Mane, Firmino, Saloh.

20:30. Arsenal – Aston Villa
Arsenal 
– Leno, Kolashinats, Papastatopulos, David Luiz, Meytlend-Naylz, Sebalos, Jaka, Genduzi, Pepe, Obameyang, Saka.
Aston Villa – Xiton, Engels, Mingz, Gilber, Teylor, Grilish, Makginn, El-Gazi, Nakamba, Trezege, Uesli.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top