02:54 / 22.09.2019
1
21934

«Men o‘z boks maktabimga asos solmoqchiman»: Shahram G‘iyosov Toshkentda muxlislarga master-klass o‘tkazdi 

21 sentabr kuni Rio Olimpiadasi sovrindori, Osiyo va jahon chempioni, professional boksda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan bokschimiz Shahram G‘iyosov Toshkentda yuzlab muxlislar ishtirokida o‘ziga xos master-klass o‘tkazdi.

Master-klass davomida muxlislar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. 

Shahram G‘iyosov boksdagi muvaffaqiyatlari, bolalik davri, boshidan kechirgan qiyinchiliklari haqida gapirib berdi. 

Muxlislar uchun eng qiziqarlisi esa ,albatta, Shahram o‘zining mashg‘ulot jarayonida bajaradigan mashqlarini ko‘rsatishi bo‘ldi. 

Shahram Rossiyaning Yekaterinburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionati haqida gapirarkan, bokschilarimizning ishtirokini yuqori baholadi va bugungi kunda o‘zbek boks maktabi dunyoda birinchi ekanini ta'kidlab o‘tdi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top