19:27 / 22.09.2019
0
7805
Pokistondagi avtohalokatda 26 kishi halok bo‘ldi 

Pokiston shimolidagi Gilgit viloyatida avtobusning avtohalokatga uchrashi oqibatida 26 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi jarohat oldi. Bu haqda 22 sentyabrda Dawn nashri xabar berdi.    

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, xususiy kompaniyaga tegishli yo‘lovchi avtobusi Skardu okrugidan Ravalpindi shahriga yo‘l olayotgan bo‘lgan. Avtobus haydovchisi boshqaruvni eplay olmay, yo‘l chetidagi toshli qoyaga urilgan.

Ta'kidlanishicha, qurbonlar orasida ayollar va bolalar bor. Jarohatlanganlar Chilos shahridagi gospitalga jo‘natilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top