01:39 / 22.09.2019
3
39079

Zarafshondagi AGTKSda «Nexia» portlab ketdi - qurbonlar yo‘q

Foto: KUN.UZ

Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi «MeTAN GLASS» avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyasida gaz to‘ldirayotgan taksi portlab ketgan.

Kun.uz manbasi bergan xabarga ko‘ra, mashina portlashi chog‘ida uning ichida haydovchining o‘zi bo‘lgan. Boshqa hech kimga ziyon yetmagan. Haydovchi tirik, uning ahvoli yaxshi, shifoxonada.

Voqea 22 sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:20 da sodir bo‘lgan portlash oqibatida «Nexia» rusumli avtomashina tiklab bo‘lmas holatga kelgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top