10:11 / 23.09.2019
0
4452

Qibraydagi ikki qo‘shni uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

2019 yilning 19 sentabr kuni soat 14:56da Toshkent viloyati Qibray tumani “Toshuti” MFY Yangi-Iqbol ko‘chasida joylashgan 4 va 5-uylarda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, xabar asosida voqea joyiga 6 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga 7 daqiqada yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in to‘liq o‘chirilgan. 

Yong‘in oqibatida 4-uyning 150 kv. metr maydonda tomi, shifti va uy jihozlari va 5-uyning 100 kv. metr maydonda tomi, shifti va qisman ichki jihozlari yonib zararlangan. Yong‘indan uylarning 200 kv. metr maydonlari saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. 

Hodisaning taxminiy sababi - elektr simlaridagi qisqa tutashuv. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top