16:31 / 24.09.2019
0
33669

Davlat bojxona qo‘mitasida qator tayinlovlar amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 20 sentyabridagi farmoyishi bilan Jizzax va Samarqand viloyatlari bojxona boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi.

Qahramon Akbarovich Umarov

Bojxona xizmati podpolkovnigi Qahramon Akbarovich Umarov Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar Qahramon Umarov Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida xizmat olib borgan.

Doniyor Tavakkaljonovich Yusupov

Bojxona xizmati polkovnigi Doniyor Tavakkaljonovich Yusupov Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar Doniyor Yusupov Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat olib borgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top