20:48 / 24.09.2019
0
13893

Pokistonda kuchli zilzila yuz berdi. O‘ndan ko‘proq qurbonlar va yuzlab jarohatlanganlar bor 

Pokistonning Hindiston bilan chegaradosh hududida 5,8 ballik zilzila yuz berdi. Tabiiy ofat oqibatida 19 kishi halok bo‘lgan, 300 dan ko‘proq odam jarohat olgan. Bu haqda 24 sentyabrda Geo TV telekanali xabar berdi. 

Islomoboddagi seysmik monitoring markazi ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila markazi Jalumi shahridan 5 km shimolda, o‘chog‘i 10 km chuqurlikda bo‘lgan.  

Zilzila kuchi poytaxt Islomobod, Ravalpindi, Laxor, Faysalobod, Peshovor va yana boshqa ko‘plab shaharlarda sezilgan.

Zilziladan ko‘proq Ozod Jammu va Kashmirdagi Mirpur tumani jabr ko‘rgan. U yerda binolar va yo‘llarga talofat yetgan. 

Tabiiy ofat hududida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda, unga harbiylar ham jalb etilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top