13:47 / 24.09.2019
0
7314
Qonunbuzarning naqd xorijiy valutalarni olib chiqish rejasi chippakka chiqdi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Bojxona organlari tomonidan naqd xorijiy valutalarni noqonuniy tarzda olib chiqishga bo‘lgan urinishlar o‘z vaqtida bartaraf etilmoqda.

Jumladan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Do‘stlik chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni mamlakatga chiqib ketayotgan fuqaro S.A.ning xatti-harakatlari bojxonachilarning e'tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, ushbu shaxsning yonida deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida ma'lum qilinmagan 10 660 AQSh dollari borligi aniqlandi.

 Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top