01:34 / 24.09.2019
3
68383
The Best-2019. FIFA yilning eng yaxshilarini e'lon qildi

Italiyaning Milan shahridagi «La-Skala» opera teatrida FIFA talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshilarini (The Best) aniqlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Nominatsiyalar g‘oliblari bilan tanishing:

Yilning eng yaxshi erkak futbolchisi – Lionel Messi («Barselona», Argentina)
Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi – Megan Rapino (AQSh milliy jamoasi).

Image

Yilning eng yaxshi erkaklar jamoasi murabbiyi – Yurgen Klopp («Liverpul»).

Yilning eng yaxshi ayollar jamoasi murabbiyi – Jill Ellis (AQSh milliy jamoasi).

Image

Yilning eng yaxshi erkak darvozaboni – Alison Bekker («Liverpul», Braziliya).
Yilning eng yaxshi ayol darvozaboni – Sari van Venendal (Niderlandiya milliy jamoasi)

Yilning eng chiroyli goli muallifi – Daniel Jori («Debretsen»).
Mavsumning eng yaxshi muxlislari – Nikolas va Silviya Grekko (Braziliya).
Fair Play (Halol o‘yin) sovrini sohibi – Marselo Belsa («Lids» bosh murabbiyi).

Yilning ramziy terma jamoasidan esa quyidagi futbolchilar o‘rin olishdi:

Darvozabon: Alison («Liverpul»).

Himoyachilar: Matteys de Ligt («Ayaks»/»Yuventus»), Serxio Ramos, Marselo (ikkalasi – «Real»), Virjil van Deyk («Liverpul»).

Yarim himoyachilar: Luka Modrich («Real»), Frenki de Yong («Ayaks»/»Barselona»), 
Eden Azar («Chelsi»/«Real»)

Hujumchilar: Kilian Mbappe («PSJ»), Lionel Messi («Barselona»), Krishtianu Ronaldu («Yuventus»).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top