10:46 / 24.09.2019
0
14587

Yangiyo‘lda sodir etilgan qotillik haqida rasmiy ma'lumot berildi

Foto: KUN.UZ

Bosh prokuratura Yangiyo‘lda sodir etilgan qotillik haqida rasmiy ma'lumot berdi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati ma'lumotida aytilgan.

Qayd etilishicha, 2019 yil 24 sentabr kuni soat 01:00larda fuqaro Sh.Yu. (1981 y.t.,) Yangiyo‘l tumani, “Gulbog‘” mahallasida mast holatda, R.U. (1986 y.t.,) bilan o‘rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida, oshxona pichog‘i bilan R.U.ning chap ko‘krak sohasiga bir marotaba sanchib, qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 24 sentabr kuni tuman prokuraturasi tomonidan Sh.Yu.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top