12:16 / 25.09.2019
1
28297

Federatsiyalar tomonidan chetga sportchi bo‘lmagan fuqarolarni olib ketib, ularni o‘sha yerga qoldirib kelish holatlari qayd etilgan

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Adliya vazirligida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda sport sohasida faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ma'lumki, davlat rahbari tomonidan joriy yilning 4 sentyabrida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektorda sportchilarni Olimpiada o‘yinlaridagi ishtirokini kuchaytirish, aholini, ayniqsa, yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish soha uchun kadrlar tayyorlash qamrovini kengaytirish, intensiv malaka oshirish platformasini yo‘lga qo‘yish, murabbiylarga talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Vazirlikda o‘tkazilgan uchrashuv davomida davlat rahbari boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi hamda so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim sportchilarning noqonuniy xatti-harakatlari va ular bilan bog‘liq noxush hodisalar hamda sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan chet mamlakatlarga sportchi bo‘lmagan fuqarolarni olib ketib, ularni noqonuniy ravishda o‘sha davlatlarga qoldirib kelish holatlari haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, sportchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar va ularning oqibatlari to‘g‘risida ma'ruzalar qilindi.

Bundan tashqari, tadbir davomida sport federatsiyalari rahbarlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishib, mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha takliflarni bildirishdi, deyiladi vazirlik xabarida.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top