22:44 / 25.09.2019
4
30428

«Human xususiy bandlik agentligi»ga ishonib, aldanib qolgan xorazmliklar pulini qaytarib olishda yordam kutmoqda

Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasining bir qancha tumanlari fuqarolari «Human xususiy bandlik agentligi» MChJ ustidan shikoyat qilib, Kun.uz tahririyatiga murojaat qilishdi.

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida ro‘yxatdan o‘tgan bu tashkilot 2019 yilda Xorazm viloyati markazi Urganch shahrida ham vakolatxonasini ochgan va fuqarolarni Yevropa hamda Osiyo mamlakatlariga ishga yuborishga va'da berib, ular bilan shartnoma imzolab, katta miqdordagi mablag‘larni olgan. Ayni paytda fuqarolardan hech kim ishga jo‘natilmagan, ularning pullari ham qaytarib berilmagan.

Murojaatchilar nomidan so‘zlagan Alisher Djumaniyazov quyidagilarni bayon qildi.

Alisher Djumaniyazov

«Biz mart oyida «Human xususiy bandlik agentligi» MChJ bilan shartnoma imzoladik. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ularga litsenziya berilgan ekan. Biz shunga ishongandik. Katta miqdordagi pullarni «Human xususiy bandlik agentligi» hisob raqamiga o‘tkazib berganmiz. Xorazm viloyati vakolatxonasi rahbari Jasur Abdullayev bizga 15 iyunda ishchilarning dastlabki guruhi xorijga jo‘natilishini va'da qilgan va pullarni tezroq to‘lashga undagan edi. Afsuski, iyun oyida ham, iyul va avgustda ham hech kim ishga yuborilmadi. Sentabr oyida «Human xususiy bandlik agentligi» O‘zbekistondan hech kimni ishga yubora olmagani, rahbariyat ustidan esa jinoiy ish ochilganini bildik. Pullarimizni qaytarib berishlarini so‘rab ariza yozganmiz, ammo hanuz ololmayapmiz», - deydi Djumaniyazov.

Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi 50dan ortiq fuqaro 11,5 million so‘mdan 35 million so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ni «Human xususiy bandlik agentligi»ga o‘tkazib berishgan. Ularga Germaniya, Litva, Polsha, Chexiya va Yaponiya kabi mamlakatlardan ish va'da qilingan. Ammo hozirgi kunda ish ham, pul ham yo‘q.

Murojaatchilar yillar davomida mehnat qilib, topgan pullarini, tanish-bilishlardan qarz sifatida olgan mablag‘larni «Human xususiy bandlik agentligi»ga o‘tkazib berishganini, shuningdek, avtomashinalarini va boshqa qimmatli buyumlarini sotib, shartnoma pullarini to‘laganlarini aytishmoqda. Ular hukumatdan, huquq-tartibot idoralaridan amaliy yordam kutishyapti.

«Human xususiy bandlik agentligi» bilan shartnoma imzolab, pul o‘tkazib bergan quyidagi fuqarolar murojaatga imzo chekishgan: Qoldiyev Murodbek (Urganch shahri, 11,5 million so‘m), Izzatbek Xo‘janazrov (Bog‘ot tumani, 11,5 million so‘m), Jamshid O‘rozmetov (Gurlan tumani, 11,5 million so‘m), Azamat Kojantoyev (To‘rtko‘l tumani, 11,5 million so‘m), Oybek Matyaqubov (Bog‘ot tumani, 35 million so‘m), Iskandar Ismailov (Hazorasp tumani, 12,5 million so‘m), Jur'at Tojiyev (Urganch shahri, 35 million so‘m), Rashid O‘rinov (Bog‘ot tumani, 11,5 million so‘m), Zafar Ro‘zimov (Hazorasp tumani, 11,5 million so‘m), Dilyor Kamolberdiyev (Hazorasp tumani, 11,5 million so‘m), Quvondiq Kenjayev (Hazorasp tumani, 12,5 million so‘m), Sardor Rahimov (Urganch shahri, 35 million so‘m), Rinat Boltaboyev (Xonqa tumani, 11,5 million so‘m), Radik Boltaboyev (Xonqa tumani, 11,5 million so‘m), Hamid Eshmetov (Yangiariq tumani, 11,5 million so‘m), Valijon Eshmetov (Yangiariq tumani, 11,5 million so‘m), Feruzbek Matkarimov (Hazorasp tumani, 11,5 million so‘m), Nodirbek Ismoilov (Urganch shahri, 35 million so‘m), Hamid Qalandarov (Xiva shahri, 35 million so‘m), Feruzbek Ro‘zimov (Hazorasp tumani, 11,5 million so‘m), Umar Xudoyberganov (Shovot tumani, 35 million so‘m), Alisher Djumaniyazov (Hazorasp tumani, 11,5 million so‘m), Sherozi Qodirov (Xonqa tumani, 11,5 million so‘m), G‘ayrat Hamroyev (QQR, Amudaryo tumani, 11,5 million so‘m), Jamol Xo‘janiyazov (Shovot tumani, 11 million so‘m), Rinat Ernazarov (Bog‘ot tumani, 11,5 million so‘m), Sobirboy Esonov (QQR, To‘rtko‘l tumani, 11,5 million so‘m), Davron Matyaqubov (Hazorasp tumani, 35 million so‘m), Zafarbek Madrahimov (Hazorasp tumani, 11,5 million so‘m), Maqsud Sotimov (QQR, To‘rtko‘l tumani, 11,5 million so‘m), Jo‘rabek Abdullayev (QQR, To‘rtko‘l tumani, 11,5 million so‘m), Bobur Ibodullayev (QQR, To‘rtko‘l tumani, 11,5 million so‘m), Xurshid Xannazarov (Urganch tumani, 11,5 million so‘m), Sa'dulla Esenov (QQR, To‘rtko‘l tumani, 11,5 million so‘m), Quvondiq Abdullayev (Yangiariq tumani, 11,5 million so‘m), Alisher Haydarov (Gurlan tumani, 11,5 million so‘m), Abror Haydarov (Gurlan tumani, 11,5 million so‘m), Bahodir Shokirov (Hazorasp tumani, 11,5 million so‘m), Muzaffar Qurbonov (Hazorasp tumani, 12,5 million so‘m), Javohir Sadullayev (Bog‘ot tumani, 11,5 million so‘m), Bobir Ismoilov (Hazorasp tumani, 12,5 million so‘m), Shokir Maxmudov (Xiva tumani, 12,5 million so‘m), Mansur Maxmudov (Xiva tumani, 12,5 million so‘m), Otabek Sapayev (Xonqa tumani, 11,5 million so‘m), Sadulla Otajonov (Bog‘ot tumani, 11,5 million so‘m), Azizbek Salayev (QQR, To‘rtko‘l tumani, 11,5 million so‘m), Mardonbek Ro‘zmetov (Bog‘ot tumani, 11,5 million so‘m), Xursand Matkarimov (Bog‘ot tumani, 11,5 million so‘m), Kamolbek Madraximov (Bog‘ot tumani, 11,5 million so‘m), Bahodir Shokirov (Hazorasp tumani, 11,5 million so‘m), Sirojbek Sadullayev (Hazorasp tumani, 11,5 million so‘m), Og‘abek Sharipov (Yangiariq tumani, 11,5 million so‘m), Xojiboy Ro‘zmetov (Yangiariq tumani, 11,5 million so‘m).

Nurmuhammad Said

Mavzu
Kun.uz surishtiruvi
Kun.uz xalq murojaatlari asosida joylarda bo‘lib, muammolarni o‘rganmoqda va xolisona yoritmoqda.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top