15:45 / 25.09.2019
0
11470
Reklama

ICTEXPO−2019’ning birinchi kuni: Ucell’dan innovatsiya va texnologiyalar

2019 yil 25 sentabr kuni O‘zekspomarkaz milliy ko‘rgazmalar majmuasida «ICTWEEK Uzbekistan AKT haftaligi» doirasida o‘tkaziladigan an'anaviy ICTEXPO axborot kommunikatsiya texnologiyalari ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

16-marta tashkil qilinayotgan ICTEXPO ko‘rgazmasi mamlakatimiz va xorijdagi yuqori texnologiyalar sohasi bo‘yicha eng yorqin vakillarni bir joyga to‘pladi. An'anaga ko‘ra, “Coscom” MChJ kompaniyasi (Ucell savdo belgisi) ko‘rgazmaning innovatsion yechimlarga ega eng faol ishtirokchilardan biri bo‘ldi. Ucell kompaniyasining ICTEXPO ko‘rgazmasidagi ishtiroki ikkita loyiha taqdimoti bilan boshlandi:

  • Harakatlanuvchi uyali radioaloqa tarmoqlarida yuqori tezlikdagi keng polosali simsiz texnologiyalarning beshinchi avlodi (5G)ni joriy etilishining boshlanishi;
  • Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishidagi «Amir Temur xiyoboni» va «Mustaqillik maydoni» bekatlarida Ucell mobil tarmog‘ining ishga tushirilishi.

Prezidentimizning O‘zbekistonda 5G mobil aloqa tarmog‘ini joriy etish to‘g‘risidagi topshirig‘i ijrosini ta'minlash doirasida «Coscom» MChJ ma'lumot uzatish tezligi bo‘yicha inqilobiy hisoblangan mobil aloqaning beshinchi avlod texnologiyalari tarmog‘i – 5G’ni sinovdan o‘tkazishni boshladi.

O‘zbekistonda ilg‘or texnologiyalarni joriy etishda yetakchilardan bo‘lgan Ucell kompaniyasi sentabr oyida 5G aloqasini sinovdan o‘tkazish uchun ruxsat oldi.

Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashining qaroriga ko‘ra, «Coscom» MChJ tomonidan mamlakatimiz hududida 5G texnologiyalari bo‘yicha harakatlanuvchi uyali aloqa tarmog‘ini shakllantirish uchun 3600-3700 MGs radiochastotadagi polosa ajratildi.

Birinchi bosqichda – Toshkentda bir yil muddatga sinov tariqasida foydalanish uchun.

Ikkinchi bosqichda – sinov natijalarini inobatga olgan holda, O‘zbekistonning turli viloyatlarida foydalanish uchun.

5G texnologiyasidan tijorat maqsadlarida foydalanish imkoniyatlarini namoyish etish maqsadida Huawei kompaniyasi tomonidan eng yangi uskunalar taqdim etildi.

5G’ni birinchi sinovdan o‘tkazish jarayoni Ucell’ning Toshkentdagi bosh ofisida bo‘lib o‘tdi. Real sharoitlarda qayd etilgan maksimal tezlik 1376 Mbit/sekundni tashkil etadi.

Ucell stendi pavilon bo‘ylab tanishuv safari davomida ramziy boshlash tugmachasi bosilib, ko‘rgazma mehmonlariga 5G videolari bilan tanishish va uning imkoniyatlarini sinab ko‘rish imkoniyati taqdim etildi. Ucell stendida VR ko‘zoynaklari ham namoyish etildi. Mehmonlar uning yordamida 5G texnologiyalaridan foydalangan holda virtual reallik bilan tanishdilar.

Yuqorida ta'kidlaganimizdek, ko‘rgazmaning birinchi kunida Ucell’ning yana bir muhim tashabbusiga start berildi. Bu – poytaxt metrosida 3G va 4G texnologiyali mobil aloqadan foydalanish imkoniyatiga doir loyihadir. Va nihoyat, Toshkent shahrining faxri bo‘lmish yer osti transporti mobil aloqa va internetdan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, Ucell stendida turli mamlakatlardagi yetakchi kompaniyalar spikerlarining har xil mavzudagi chiqishlari bilan tanishish imkoniyati ham taqdim etildi. Mutaxassislar 5G texnologiyalarini tijoratlashtirish, kompyuter ko‘rish tizimi, IT-startaplarning o‘ziga xos jihatlari va axborot texnologiyalari sohasida karera qilish kabi masalalarda atroflicha ma'lumot berishdi.

«Kompyuter ko‘rish tizimi, 5G».

Aleksandr Kraynov, Yandeksda kompyuter ko‘rish tizimi va mashina-texnologiyalar bo‘limi boshlig‘i.

«5G texnologiyasi: tezkor tijoratlashtirish».

Konstantin Kolovskiy, Huawei kompaniyasining marketing va simsiz ishlanmalarni sotish departamenti yetakchi menedjyeri.

«5G’ning pul ishlash usullari. Mumkin bo‘lgan ishlash doirasi va xususiyatlari».

Pavel Rodionov, «Nokia Solutions and Networks Kazakhstan» radiouzatish tarmog‘ida texnik yechimlar bo‘yicha menedjyer.

«5G texnologiyasi. Operatorlar uchun to‘liq yechim».

Jamshid Arslonov, “Nokia Solutions and Networks Tashkent” MChJ radiouzatish tarmog‘ining texnik yechimlar bo‘yicha menedjyer.

«IT - karerasini qurish sirlari».

Umid Abdusattorov, seriyali tadbirkor, NAPA Edu Hub akademiyasi loyiha rahbari.

«MyTaxi misolida IP startaplarining nozik qirralarini ko‘rib chiqish».

Abdullo Xidoyatov, MyTaxi.

Metrodagi internet Metrotelecom bilan hamkorlikda ishga tushirilgan.

Ko‘rgazmaning birinchi kunida ishtirok etganlar:

Shuhrat Sodiqov, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri.

Olimjon Umarov, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari.

Vladimir Kravchenko, «Coscom» MChJ (Ucell savdo belgisi) bosh direktori vazifasini bajaruvchi.

«Coscom» MChJ (Ucell savdo belgisi) matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top