17:10 / 25.09.2019
0
4944

Jahondagi banklar 60 mingga yaqin xodimini bo‘shatishini e'lon qildi

Foto: Depositphotos

Jahondagi banklar bir necha yil davomida 60 mingga yaqin xodimini bo‘shatishini e'lon qildi, ishdan bo‘shatishlarning deyarli barchasi Yevropaga to‘g‘ri keladi.

Bu salbiy foiz stavkalari va iqtisodiy o‘sish sur'atlarining sekinlashishi bilan bog‘liq, deb yozadi Bloomberg agentligi. O‘tgan haftada Germaniyaning Commerzbank banki 4,3 ming ish o‘rnini qisqartirish rejasini ma'lum qildi.

Umumiy qisqartirishlar soni 58,2 mingtani tashkil etadi va 524, mingdan ortig‘i Yevropa banklariga to‘g‘ri keladi. Osiyo-Tinch okeani mintaqasida bu ko‘rsatkich 500 kishidan ortiqroq, Shimoliy Amerikada 2,77 ming, Yaqin Sharq va Afrikada 2,5 mingdan ozroq xodimni tashkil etadi.

Germaniyadagi banklar bu borada peshqadam. Deutsche Bank 2022 yil oxirigacha 18 ming xodimini ishdan bo‘shatmoqchi.

Ispaniyaning Santander banki 5,4 ming, Britaniyaning HSBC va Barclays banklari mos ravishda 4 ming va 3 ming, Rossiyaning Alfa-banki 3 ming kishini bo‘shatadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top