18:56 / 25.09.2019
0
15897

Mavsumning ilk El Klasikosi sanasi va boshlanish vaqti ma'lum bo‘ldi

Foto: Getty Images

La Liganing 10-turidan o‘rin olgan «Barselona» – «Real» bahsning sanasi aniqlandi.

Mavsumning birinchi klasikosi 26 oktabr yakshanba kuni «Kamp Nou»da bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi. 

O‘yin dunyoning boshqa hududlaridagi muxlislar auditoriyasini hisobga olgan holda shu vaqtga qo‘yildi. 

«Barselona» va «Real» avval ham bunday paytda o‘ynashgan. 2017/2018 yilgi mavsumda Madridda o‘tgan o‘yin shu vaqtda boshlangan va unda «Barselona» 3:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top