12:49 / 25.09.2019
0
7853

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yangi avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Joriy yilning 25 sentabr kunidan e'tiboran qo‘shni Qozog‘iston Respublikasining Xorgos va Petropavlovsk  shaharlariga muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Mazkur yo‘nalishlarda “Uzautotrans Service” korxonasi zamonaviy Yutong avtobuslarida xizmat ko‘rsatadi.

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, “Toshkent-Xorgos” yo‘nalishida qatnovlar haftaning dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi. Avtobuslar “Toshkent” avtovokzalidan soat 10:00da yo‘lga chiqadi. Chipta narxi esa 200 000 so‘m etib belgilangan.

“Toshkent-Petropavlovsk” yo‘nalishida esa qatnovlar kun ora amalga oshiriladi. Avtobus “Toshkent” avtovokzalidan soat 19:00da jo‘nab ketadi. Mazkur qatnov yo‘nalishida chipta narxi 337 000 so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, bugungi kunda Toshkent-Olmaota, Toshkent-Ushkunur, Toshkent-Qizilo‘rda, Toshkent-Nur-Sulton, Chirchiq-Ushkunur, Chirchiq-Olmaota, Chirchiq-Chimkent, Angren-Olmaota yo‘nalishlarida ham muntazam avtobus qatnovlari amalga oshirilmoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top