10:30 / 26.09.2019
1
8426

«ERIELL Group»: Uglevodorod xom-ashyosini qazib olish dasturi samarali uslubda amalga oshirilmoqda

«ERIELL Group» xalqaro nefteservis kompaniyasi O‘zbekiston respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan uglevodorod xom-ashyosini qazib olish dasturi (PQ-2822, 09.03.2017) bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatini bajarishda davom etmoqda.

Xususan kompaniya tomonidan «O‘zburg‘uneftegaz» AJ bilan hamkorlikda 54 ta burg‘ulash uskunalari yordamida konlarda burg‘ulash va qayta jihozlash ishlari olib borilmoqda. Ayni paytda 800 ming pogonometr tog‘ jinslari burg‘ulanib, 248 quduqni burg‘ulash ishlari yakunlandi  (238tasi qurilishi yakunlandi, 229tasi tarmoqqa ulandi). Bu esa O‘zbekiston Respublikasi kerakli bo‘lgan uglevodorodlar qazib olishni qo‘llab-quvvatlash va kuchaytirish imkonini beradi.

Ta'kidlash joiz, «ERIELL Group» burg‘ulash tezligini sezilarli darajada oshirish va sifat darajasini ko‘tarish bilan birga yangidan-yangi texnologiyalarni qo‘llash davom etmoqda. Jumladan plastlar hajmini oshirish uchun gidravlik parchalash (GRP) uslubi keng qo‘llanilyapti. Shuningdek mazkur uslubning ko‘p bosqichli shakli ham ishlatilmoqdaki, bu o‘z navbatida qazib olish samaradorligini oshirmoqda.

Bu uslub qo‘llanilishi natijasida gaz chiqishi butunlay to‘xtab qolgan ayrim quduqlarda uglevodorodlar oqimi anchagina oshirildi. Jumladan: №6 «Shimoliy Girsan» koni (53,767 ming m³/sutka), №4 «Talimarjon» koni (70,841 ming m³/sutka), №13 «Ernazar» koni (90,170 ming m³/sutka), №22 «Yangi Qoratepa» koni (13,28 ming m³/sutka), №4 «Nazarquduq» koni (37,76 ming m³/sutka), №15 «Inam» koni (58 ming m³/sutka).

Bu bilan bir vaqtda yangi quduqlarda ham qazib olish hajmini oshirishga qaratilgan katta ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, №22 raqamli «Akchalak» konida natijasida 19 ming m³/sutka gaz qazib olingan bo‘lsa, propant yordamida gidravlik parchalashdan so‘ng gazning sanoat oqimi sutkasiga 250 ming m³ ga yetkazildi va bu gazdagi kondensat miqdori sutkasiga 10,8 m³ ni tashkil qildi. «Sho‘rtan» konining №№315, 316, 318, 319 va 320 raqamli quduqlarida  sutkalik hajm 50 ming m³ bo‘lgan bir paytda yuqoridagi uslub bilan bu ko‘rsatkich sutkasiga 122 ming m³ ga yetkazildi. Shuningdek, «Alan» konining №№197, 198, 199, 200 va 300 raqamli, «O‘rtabuloq» konining №228, 229, 230 va 231, «Shimoliy Muborak» konining №№50, 51 va 52, «Jarchi» konining №14, «Xartum» konining №83 va 84, «To‘rsari» konining №№12 va 13 quduqlarida yuqori ko‘rsatkichlarga erishilmoqda.

«ERIELL Group» xalqaro nefteservis kompaniyasining kelgusi rejalarida uglevodorod xom-ashyosini qazib olish dasturi (PQ-2822, 09.03.2017) bo‘yicha 100 dan ortiq past debitli quduqlarda gaz oqimini oshirish uchun gidravlik parchalash uslubini qo‘llash mo‘ljallangan.

ERIELL kompaniyasi matbuot xizmati

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top