11:00 / 26.09.2019
0
5292

Qoraqalpog‘istonda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

2019 yilning 24 sentabr kuni soat 15:47da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani “Navoiy” OFY Lolazor ko‘chasi 324-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, yong‘inga 4 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 6 daqiqada yetib borib, soat 16:10 da yong‘in qurshab olingan va soat 16:48 da to‘liq bartaraf etilgan. 

Yong‘in oqibatida yashash uyining 50 kv. metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Yong‘inni o‘chirish vaqtida 1967 yilda tug‘ilgan uy egasi fuqaro T.Ya. soha xodimlari tomonidan tutundan dimiqqan holda qutqarilib shifoxonaga yuborilgan, ammo shifokorlar tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramay vafot etgan. 

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top