18:00 / 27.09.2019
0
11887

Eronning Bag‘doddagi elchisi AQShning Iroqdagi harbiylariga zarba berish bilan tahdid qildi

Foto: AP Photo / Vahid Salemi

Eronning Bag‘doddagi elchisi Eronga tahdid tug‘ilsa, AQShning Iroqdagi harbiylariga zarba berilishi mumkinligini aytdi.

"Bizda amerikaliklar bilan muammolar bor: agar ular Eronga tahdid qilishsa, ular hamma joyda xavf ostida qolishadi", - dedi elchi Iraj Masjidiy Dijla telekanaliga bergan intervyusida.

"Eronga AQSh tomonidan tahdid bo‘lsa, Eron kuch bilan javob qaytaradi. Biz himoyalanamiz", - dedi u.

U shu bilan birgalikda Eron mintaqada vaziyat keskinlashishini istamasligini ma'lum qildi.  

Iroq mudofaa vazirligi rasmiy vakili Tahsin al-Xafajiy Eron diplomatining so‘zlariga izoh berdi.

"Iroq Eronga hujum qilish uchun platsdarm bo‘lmaydi, shuningdek Iroq hududidagi Amerika manfaatlariga tahdid qilinishiga ham yo‘l qo‘ymaydi", - dedi u.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top