16:50 / 27.09.2019
0
7586

Italiyaning 160ta shahrida maktab o‘quvchilari namoyishlar o‘tkazmoqda

Foto: REUTERS

Italiyalik maktab o‘quvchilari shvetsiyalik Greta Tunbergning "Juma kelajak uchun" ekologik tashabbusi doirasida miting va namoyishlar o‘tkazmoqda, aksiya mamlakatning 160ta shahrida o‘tkazilmoqda. Bu haqda mazkur aksiya tashkilotchilari xabar berdi.

Italiya poytaxtida maktab o‘quvchilari va talabalar Respublika maydoniga yig‘ilishdi. Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, ekologik namoyishlarda 200 mingga yaqin o‘quvchi va talabalar ishtirok etmoqda.

Butun Italiya bo‘yicha esa milliondan ortiq kishi qatnashayotganligi xabar qilinmoqda.

Italiyada shu yilning 15 marti va 24 mayida ham xuddi shunday aksiyalar bo‘lib o‘tgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top