11:50 / 27.09.2019
0
21714

Messining jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi

«Barselona» sardori Lionel Messi bir oy muddatga safdan chiqqan bo‘lishi mumkin. 

El Chiringuito xabariga ko‘ra, 32 yoshli futbolchining chap soni mushaklari cho‘zilib ketgan.

Messi seshanba kuni Primera doirasidagi «Vilyarreal»ga (2:1) qarshi o‘yinda mavsumda ilk marotaba jamoasining asosiy tarkibida maydonga tushgan edi. Birinchi bo‘limda unga tibbiy yordam ko‘rsatildi, tanaffusda esa almashtirildi.

Endi Messi La Liga doirasidagi «Xetafe», «Sevilya» va «Eybar»ga qarshi o‘yinlarni, shuningdek Chempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasidagi «Inter» va «Slaviya»ga qarshi bahslarni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top