19:00 / 29.09.2019
5
25630

Ilon Mask sayyoralararo parvozlar uchun mo‘ljallangan raketani taqdim qildi

Amerikalik tadbirkor va milliarder Ilon Mask odamlarni Oy, Marsga va yana ortga elta oluvchi fazoviy kema Starship’ni namoyish qildi. Bu haqda DW nashri xabar berdi. 

SpaceX kompaniyasi egasi o‘zining yangi raketasini 29 sentyabrda Texasdagi kosmodromda taqdim qildi. 

Maskning aytishicha, kema ko‘p marotabalik bo‘lib, Quyosh tizimining istalgan joyiga jo‘nay oladi. U bir parvozda 100 nafargacha odamni tashishi va katta yukni olishi mumkin, shu sababli uning yordamida Oy va Marsda butun boshli shaharlar barpo etish mumkin bo‘ladi.

Mask taqdimot vaqtida kema 20 km balandlikka ko‘tarilib, u yerda 1-2 oy bo‘lishi va so‘ngra Yerga qaytishini ma'lum qilgan.

Ta'kidlanishicha, kemaning uzunligi 50 metrni, yonilg‘i va yuksiz quruq og‘irligi 120 tonani tashkil qiladi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top