16:42 / 30.09.2019
0
11405

Beshta muhim tashabbus – ertamiz egalari istiqboli yo‘lida

Paxtakor tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi hamda Paxtakor pedagogika kolleji bilan hamkorlikda Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta'minlash masalalari bo‘yicha ilgari surilgan 5 muhim tashabbusni amalga oshirish yuzasidan ko‘rgazmali taqdimot, seminar-trening tashkil etildi.

Jizzax viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi hamda Paxtakor tuman xokiligi hamkorligida tashkillashtirilgan tadbirda,  maktabgacha ta'lim vazirligidan vakillar, ota-onalar, o‘qituvchi va murabbiylar ishtirok etishdi.

Murg‘ak qalblarni kichikligidanoq sportga, san'atga, til o‘rganishga va kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otish borasida olib borilayotgan turli tadbir va seminarlar kelajakda o‘z samarasini beradi. Ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilgari surilayotgan 5 ta muhim tashabbus doirasida o‘tkazilgan seminar-trening negizida ham ana shunday ezgu maqsadlar borligi shubhasiz.

Jizzax viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top