20:10 / 30.09.2019
0
13537
Klichko hukumat, bosh vazir va Ukraina prezidenti ma'muriyati rahbarini sudga berdi
Foto: EPA

Kiyev meri Vitaliy Klichko uni Kiyev shahar davlat ma'muriyati boshlig‘i lavozimidan olib tashlash to‘g‘risidagi qarori uchun Ukraina hukumati, bosh vazir Aleksey Goncharuk va mamlakat prezidenti ma'muriyati rahbari Andrey Bogdanni sudga berdi.

Klichko o‘z da'vosida hukumatning uni lavozimidan bo‘shatish to‘g‘risidagi prezidentga taqdimnomasini noqonuniy deb topishni so‘ragan. Klichkoning ta'kidlashicha, uning Kiyev shahar boshlig‘i sifatidagi vakolatlari 2020 yil noyabrda tugaydi.

Bogdanga qarshi da'vosida esa u prezident ma'muriyati rahbari vazirlar mahkamasiga uni lavozimidan bo‘shatishga asos bo‘lib xizmat qilgan xat kiritib o‘z vakolatini suiiiste'mol qilganini bildirgan. Merning qayd etishicha, bunday masalalar bevosita prezident va hukumat vakolatiga kiradi.

Avvalroq Ukraina hukumati Klichkoning Kiyev shahar davlat ma'muriyati rahbarligidan bo‘shatilishini ma'qullagandi

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top