14:52 / 30.09.2019
0
13967
Saakashvili yaqin oylar ichida “mamlakatni qutqarish” uchun Gruziyaga qaytishini ma'lum qildi 
Foto: EPA-EFE/Remko de Waal

Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili yaqin oylar ichida “mamlakatning yo‘qolib ketishini to‘xtatish” uchun Gruziyaga qaytishini ma'lum qildi.

"Yaqin oylarda Gruziyaga bormoqchiman. Hozirda Odessadaman, ko‘chada meni uchratgan har ikkinchi kishi mendan mer bo‘lishimni iltimos qiladi. Ammo bu boshqa mavzu", - dedi Saakashvili Gruziyaning "Mtavari arxi" telekanaliga bergan intervyusida.

"Biz gruzin davlatchiligini tiklashimiz, Gruziyaning parchalanishi va yo‘qolib ketishini to‘xtatishimiz darkor. Albatta, men bu ishda qatnashaman va bir necha oydan so‘ng Gruziyaga boraman", dedi u.

Saakashvili 2004 yildan 2013 yil noyabrgacha Gruziya prezidenti bo‘lgan. U prezidentlik vakolati tugashiga bir necha kun qolganida mamlakatni tark etgan. Unga nisbatan to‘rtta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top