17:52 / 30.09.2019
0
6639

Yamandagi isyonchi husiychilar 300ga yaqin asirni ozod qildi

Foto: REUTERS

Yamandagi isyonchi husiychilar 300ga yaqin asirni ozod qildi. Bu haqda Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi xabar qildi.

Tashkilotning qayd etishicha, Qizil xoch asirlarni ozod qilishga hissa qo‘shgan. Ta'kidlanishicha, qo‘mita asirlarning shaxsiy ma'lumotlarini tasdiqlashga yordam bergan hamda ularning uylariga qaytishlarini tashkillashtirgan.

Ozod qilinganlar orasida sentabr boshlarida Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya kuchlari zarba bergan vaqtda mahbuslarni tutib turish markazida bo‘lgan 42 kishi ham bor. O‘shanda aviazarba oqibatida 100dan ortiq kishi halok bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top