02:06 / 01.10.2019
0
9625
APL. «Old Trafford»dagi markaziy o‘yinda kuchlar teng keldi
Foto: Reuters

Angliya Premer-ligasining 7-turidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yin yakunlandi. Klassik to‘qnashuvda «MYu» o‘z maydonida «Arsenal»ni qabul qildi. O‘yinning 45-daqiqasida Skott Maktominey tomonidan kiritilgan chiroyli golga 58-daqiqada «to‘pchilar» to‘purari Per-Emerik Obameyang javob berdi.

Bu durangdan so‘ng turnir jadvalida «MYu» 9 ochko bilan 10-o‘rinda, «Arsenal» esa 12 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.

APL, 7-tur
30 sentabr
Manchester Yunayted – Arsenal 1:1 

Gollar: Maktominey (45) – Obameyang (58).
Manchester Yunayted: De Xea, Maguayr, Tuanzebe, Yang, Lindelyof, Pereyra (Grinvud, 74), Maktominey, Jyeyms, Pogba, Lingard (Fred, 74), Reshford.
Arsenal: Leno, Chembers, Papastatopulos, Luiz, Kolashinats, Genduzi, Jaka, Torreyra (Sebalos, 55), Pepe (Nelson, 74), Obameyang, Saka (Uillok, 80).
Ogohlantirishlar: Chembers (10), Reshford (27), Pereyra (32), Yang (41), Lingard (68), Jaka (77).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top