14:53 / 01.10.2019
0
8492
Eronda AQSh foydasiga josuslik qilishda ayblangan erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi
Foto: Fotolia / Borna_Mir

Eronda AQSh foydasiga josuslik qilishda ayblangan erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Eron sud hokimiyati rasmiy vakili G‘ulomhusayn Ismoiliy xabar qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yana uch kishi o‘n yildanga ozodlikdan mahrum qilindi.

"Ali Nafariye AQSh razvedka xizmatiga josuslik qilgani uchun 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi, Muhammad Amin Britaniya foydasiga josuslik qilgani uchun 10 yilga, Muhammad Ali Babapur AQSh foydasiga josuslik qilgani uchun 10 yilga qamaldi. AQSh foydasiga josuslik qilgan yana bir kishi o‘lim jazosiga hukm qilindi", - dedi u.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top