17:00 / 01.10.2019
0
9255

G‘allaorol tumanida Davlat xususiy sherikchilik asosidagi yangi maktabgacha ta'lim muassasalari foydalanishga topshirildi

Jizzax viloyati G‘allaorol tumani Maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufida bugungi kunda 3-7 yoshdagi bolalar soni 14201 nafarni tashkil qiladi.

Hozirgi kunda tumanda ushbu muassasalar soni 14 ta bo‘lib ularda jami 4168 nafar kichkintoylar tarbiyalanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi «Maktabgacha ta'lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3651-sonli va Vazirlar Mahkamasining 475-sonli qaroriga asosan Davlat-xususiy sherikchilik asosida maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish to‘g‘risida 11ta bitim imzolangan, shundan 11 nafar tadbirkorga 1 foiz imtiyozli kredit berilgan.

1 oktabr «O‘qituvchi va murabbiylar» kuni arafasida tumanda 3ta davlat xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Lalmikor MFY Do‘stlik ko‘chasida tashabbuskor Komilova Zebinso Abduraupovna tomonidan «Baby stars» nomli Davlat xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta'lim muassasasi  175- o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib qurilish va ta'mirlash ishlariga imtiyozli 1% lik kredit mablag‘i ajratilgan.

Ko‘kgumbaz MFY Ko‘kgumbaz qishlog‘ida tashabbuskor Amanova Ulbo‘sin Murtazayevna tomonidan «Kenjatoy» nomli Davlat xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta'lim binosi 150- o‘ringa mo‘ljallangan aytish joizki bu yerda bolajonlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Sarbozor MFY Sarbozor qishlog‘ida tashabbuskor Mamatqulova Lola Qulmamatovna tomonidan «Odobli bolalar» nomli Davlat xususiy sherikchilik asosidagi bolalar bog‘chasi ham imtiyozli 1% lik kredit mablag‘i asosida qurib foydalanishga topshirildi.

Jizzax viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top