20:20 / 01.10.2019
0
5304

Hongkongdagi to‘qnashuvlar oqibatida 31 kishi yaralandi 

Hongkongda 1 oktyabrda namoyishchilar va politsiya o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuvlar oqibatida 31 kishi yaralandi. Bu haqda RTHK nashri xabar berdi. 

Avvalroq 15 kishi yaralangani ma'lum qilingan. Jarohatlanganlar soni politsiya namoyishchilarga o‘t ochgani haqidagi xabardan keyin 2 barobar ko‘paygan. Biroq politsiyada ta'kidlanishicha, ular havoga o‘q uzishgan.   

Ta'kidlanishicha, politsiya namoyishchilarga qarshi jangovar o‘qlar qo‘llagan. Ikki kishi og‘ir ahvolda bo‘lib, ulardan biri o‘quvchidir. Uning ko‘kragiga o‘q tekkan.

Otishma Xitoy tashkil topganining 70 yilligi kuni uyushtirilgan norozilik vaqtida yuz bergan. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top