20:10 / 01.10.2019
0
16265
Jinoyatchilar okeanda bir tonna kokain ustida suzib yurishdi

Kolumbiya sohillari yaqinida qayig‘i cho‘kkan 3 giyohvandfurush 1,2 tonna kokain solingan suv o‘tmaydigan paketlar yordamida suv ustida qoldi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi. 

Kolumbiya harbiy-dengiz floti vakillari ularni Tumako shahridan 55 km uzoqlikda topgan. Jabrlanuvchilar ularning qayig‘i katta to‘lqin ostida qolganini, shundan keyin ular Tinch okeanida narkotiklar solingan paketlarga osilgancha 3 soatcha qolishganini aytishgan.

Jinoyatchilar bortga ko‘tarilgach, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Politsiya paketlarni ko‘zdan kechirib, ular ichidan 1,2 tonna kokain topgan. Erkaklar darhol hibsga olingan. Mahalliy matbuot ma'lumotlariga ko‘ra, ular giyohvand moddalarni aylantirishda gumon qilinmoqda. Ayni vaqtda ularga biror-bir ayblov qo‘yilgani noma'lum.

Ta'kidlanishicha, gumonlanuvchilarning bir sherigi bedarak yo‘qolgan. Hozirda uni qidirish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top