09:33 / 01.10.2019
0
6643

Onlayn auksion: 2,4 mlrd so‘mlik avtomobil raqamlari sotildi

Foto: KUN.UZ

2019 yilning 23-29 sentabr kunlari “O‘zRTXB” AJda 1003,8 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi. Kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 7,9 %ga o‘sib, 481,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Shu jumladan, birja savdolarining hajmi avvalgi haftaga nisbatan 2,7 %ga kamayib, 872,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. Valuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning summasi 399,0 ming AQSh dollarini tashkil etdi. Shundan, 341,7 ming AQSh dollarlik polietilen, va 57,0 ming AQSh dollarlik sanoat moyi sotildi.

Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi 33,7 mlrd so‘mni tashkil etdi. Kichik biznes sub'yektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar 8,6 mlrd so‘mni yoki tuzilgan bitimlarning 25,6 %ni egalladi.

O‘tgan haftada davlat xaridlari bo‘yicha xarid.uz maxsus axborot portalida tuzilgan bitimlarning hajmi 95,5 mlrd so‘mni tashkil etdi. Budjet va korporativ buyurtmachilarning pul mablag‘ini tejalishi 20,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 537 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,4 mlrd so‘mni tashkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 21 % birinchi toifadagi avtoraqamlarga 46 % ikkinchi va 33 % uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top