18:52 / 01.10.2019
0
9866
O‘zbekiston Rossiya uchun Afg‘onistonga yuk tranziti tariflarini bekor qildi 

O‘zbekiston Rossiya uchun Afg‘onistonga yuk tranziti tariflarini bekor qildi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Savdo-sanoat palatasi vitse-prezidenti Vladimir Padalko ma'lum qildi. 

Vladimir Padalko

«Rossiyadan Afg‘onistonga yuk tranziti tariflarini bekor qilishga o‘z hissasini qo‘shgan barcha hamkasblarimizga minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman. Biz buni ko‘p muhokama qildik va bunga erishdik», – deya uning o‘zbek-rus ishbilarmonlar kengashi majlisida aytgan so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Padalkoning aytishicha, noyabr oyidan Rossiya kompaniyalari Afg‘oniston bozori uchun juda ham zarur go‘sht-parranda, yog‘ va tijoriy mahsulotlari o‘tkazishga tayyorlanishmoqda. 

Ekspertning ta'kidlashicha, O‘zbekistonga Rossiya eksporti o‘tgan yili 26,5 foiz, ya'ni 3,3 milliard dollar, import esa 3,5 foiz, ya'ni 1,1 milliard dollar hisobida oshgan.

«Ko‘p jihatidan ushbu o‘sish O‘zbekiston hukumati tomonidan ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan siyosat bilan bog‘liqdir», – deya qo‘shimcha qildi Padalko.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top