15:10 / 01.10.2019
0
15470
Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbari qidiruvga berildi
Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

Qirg‘iziston maxsus xizmati sobiq rahbari Busurmankul Tabaldiyev xalqaro qidiruvga berildi. Bu haqda respublika ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

U kriminal avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi bilan bog‘liq jinoyat ishida ayblanmoqda. U bilan birga, mazkur jinoyat ishida yana 19 kishi, jumladan, respublikaning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev ham ayblanmoqda.

IIVning ma'lumot berishicha, 14 kishi tergov bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘lgan. Jinoiy ish materiallari bosh prokuraturaga jo‘natilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top