15:00 / 01.10.2019
6
14450

«Qonunlarni boshqa davlatlardan olib, o‘zbekchaga chala-chulpa o‘girib qabul qilish vaqti o‘tib ketdi» - Safoyev

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston parlamentida qonun chiqaruvchi funksiyalarni takomillashtirish talab etiladi. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev The Uzbek Review nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Bizda qonunlarni boshqa davlatlardan asosiy andozalarini olib, o‘zbekchaga chala-chulpa o‘girib, ularni qabul qilish yoki umumiy, hadli qonunlarni qabul qilish vaqti o‘tib ketdi. Endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi qonunlarning vaqti keldi. Albatta, ularni yaratish oson ish emas. Ular hajm nuqtai nazardan ham katta bo‘ladi, yangi darajadagi professionallikni talab qiladi. Umid qilamizki, saylovlardan keyin yangi, professional, birinchi navbatda, huquqshunoslar, iqtisodchilar, siyosatshunoslar parlamentga keladi hamda ular mana shunday qonunlarni yaratishga qodir bo‘ladi”, - dedi Sodiq Safoyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonni parlament nuqtai nazaridan isloh qilish uchun aynan shu jihat eng muhim masalalardan biridir. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top