17:02 / 01.10.2019
0
27376
Reklama

Shahram G‘iyosov o‘z muvaffaqiyatlari haqida so‘zlab berdi

Foto: Adrenaline Rush

21 sentabr kuni Toshkent shahrida iqtidorli bokschi o‘z muxlislari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Har qanday muxlis nimani orzu qiladi? Albatta, qahramonni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish, undan g‘alabalar va mag‘lubiyatlar haqida eshitish, bir necha foydali maslahatlarni olish va sport ixlosmandlari bilan ajoyib oqshom o‘tkazishdir.

Adrenaline Rush savdo belgisi ushbu tadbirning tashkilotchisi sifatida ish olib bordi, shuning uchun ham oqshom muhiti juda qizg‘in bo‘lib mutlaq quvvat ruhi hukmronlik qildi.

Yuzlab muxlislar Toshkent brodveyida to‘planib, chempionimizni 30 soniyada qo‘lga kiritgan ajoyib g‘alabasi bilan qutlashdi.

Muxlislar bilan bo‘lgan uchrashuvda Shahram G‘iyosov zarbalarga qanday qilib qarshi turish va har doim ajoyib holatda bo‘lishni so‘zlab berdi. Tadbirga Adrenaline Rush jamoasi sportchi bilan birgalikda musobaqalar va noyob sovg‘alarni tayyorladi.

Har bir tashrif buyurgan shaxsan dastxat olish va bokschi bilan selfi qilish imkoniyatiga ega edi.

Shahram G‘iyosov va Adrenaline Rush jamoasi muxlislar bilan uchrashuvga tashrif buyurgan barcha insonga o‘z minnatdorchiligini bildirishadi!

Energetik ichimliklarni haddan ziyod iste'mol qilish sog‘liq uchun zararli. 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga tavsiya etilmaydi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top