11:55 / 01.10.2019
0
3440

TIV: Mehnat muhojirlarining murojaatlari bilan ishlashda buyruqbozlik va sansalorlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi

Foto: TIV axborot xizmati

2019 yilning 28 sentabr kuni TIVda bosh vazir maslahatchisi – Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash masalalari departamenti mudiri Komil Rashidov, Tashqi ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, yig‘ilishda videoaloqa vositasida mamlakatning elchilari va konsullari ham ishtirok etdi.

Prezidentning 2019 yil 20 avgustda qabul qilingan «Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a'zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida»ga farmonini va Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 avgustdagi «Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorini bajarishning borishi muhokama qilindi.

Shu nuqtai nazardan, diplomatik va konsullik vakolatxonalarning xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarga ko‘maklashish, ularning adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlariga bo‘lgan huquqlarini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy va huquqiy himoyasini ta'minlash hamda ushbu vazifalarni umume'tirof etilgan xalqaro konvensiyalar va ikki tomonlama bitimlar asosida tashkil etishdagi roli alohida ta'kidlandi.

Yig‘ilishda O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining mazkur yo‘nalishdagi ishlarning ijrosi borasidagi hisobotlari eshitildi.

Barcha aloqador shaxslarga mehnat muhojirlarining barcha masalalarini hal qilishga uyushqoqlik va mas'uliyat bilan yondashish topshirildi. Mehnat muhojirlarining murojaatlari bilan ishlashda buyruqbozlik va sansalorlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi ta'kidlandi.

Tadbirda mavjud masalalar va muammolarni hal etishning amaliy jihatlari va mexanizmlari ham ko‘rib chiqildi, deyiladi ma'lumotda. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top