13:59 / 02.10.2019
0
4560
Namanganda Ustoz va murabbiylar kuni  o‘zgacha nishonlandi

Namanganda kelajak avlod ongida elektr energiyasiga bo‘lgan munosabatni shakllantirish va tejamkorlik g‘oyalarini singdirish yangicha uslubda yo‘lga qo‘yilmoqda. Tumandagi elektr ta'minoti korxonasi vakillari bu borada o‘zgacha tashabbus bilan chiqishdi.

“Namangan hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi ochiq aksiyadorlik jamiyatining barcha rahbar va bo‘lim boshliqlari hamda tuman va shahar elektr ta'minoti korxona boshliqlari 1 oktabr -Ustoz va murabbiylar kuni  munosabati bilan tuman va shahar maktablarida 30 sentabr kuni ”Elektr energiya tejamkorligi- kelajak uchun imkoniyat” mavzusida  dars o‘tdilar

Darslarda so‘nggi yillarda respublikamizda sanoat tarmoqlarida “yashil iqtisodiyot” tizimini joriy qilish, ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, innovatsion taraqqiyotni jadallashtirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi. Mamlakatimizda energiya samaradorligi va energiyaning qayta tiklanuvchi manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha keltirilgan innovatsion g‘oyalar o‘quvchilarda sohaga bo‘lgan qiziqishni oshirdi.

Muxtasar aytganda, bu kabi tashabbuslar mamlakatimiz yoshlarining elektr energiyasi tejamkorligi haqidagi tushunchalarini kengaytirib, aholini elektr quvvati bilan ta'minlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishi shubhasiz.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top