21:35 / 02.10.2019
0
2077
Parijda O‘zbekistonning 2025 yilgacha mo‘ljallangan investitsiya strategiyasi konsepsiyasi taqdim etildi

1 oktabr kuni Parijda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining «GREEN» harakati bo‘yicha maqsadli guruhining to‘rtinchi yillik yig‘ilishida O‘zbekiston Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi ishtirokida tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasining 2025 yilgacha mo‘ljallangan investitsiya va sanoat siyosati strategiyasi konsepsiyasi taqdim etildi.

Konsepsiyani tayyorlashda qo‘llaniladigan yangi prinsiplar va mintaqaviy yondashuvlar ishtirokchi davlatlar vakillari, shuningdek, IHTT va donor tashkilotlar tomonidan ijobiy baholandi.

Umuman olganda, tadbir ishtirokchilari mamlakatda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarga katta qiziqish bildirdilar va xalqaro maslahat va munozara maydonlarida O‘zbekiston vakillarining faolligi sezilarli darajada oshgani qayd etildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top