00:33 / 02.10.2019
0
2568
ShHT davlatlari bosh prokurorlari narkotrafik va kontrabandaga qarshi kurashni muhokama qilishdi 
Foto: RIA "Novosti"

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti davlatlari bosh prokurorlari Bishkekdagi yig‘ilishda narkotrafik va kontrabandaga qarshi kurashni muhokama qilishdi, deb xabar berdi RIA novosti axborot agentligi. 

1 oktyabrda Bishkekda ShHTga a'zo davlatlar bosh prokurorlarining 17-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tashkilotga a'zo barcha davlatlar, shuningdek kuzatuvchi va muloqot bo‘yicha sherik davlatlar delegatsiyalari ishtirok etdi.

"Uchrashuv davomida ShHTga a'zo davlatlarning prokuratura organlari tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarining kontrabandasi va noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish sohasidagi o‘zaro harakatlarni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi", deyilgan xabarda.

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, yig‘ilish qatnashchilari tomonidan imzolangan yig‘ilish bayonnomasi "qatnashchilarning ushbu yo‘nalishdagi ishlarni faollashtirish uchun taqdim etilgan barcha imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishga qarorini hujjat bilan mustahkamladi".

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top